
E'LON
27.06.2026 soat 11:55YangiliklarMatbuot7
Hurmatli Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining bitiruvchi kurs talabalari! Sizni 2026-yil 2-iyul kuni Samarqand viloyatida tashkil etiladigan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur ko‘rgazma oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyatida doimiy yashash manziliga ega bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalarining mazkur kasb ko‘rgazmasida faol ishtirok etishlari so‘raladi.
📅 Tadbir 2026-yil 2-iyul kuni Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.


