
MUSTAQILLIK VA MILLIY ÖZLIK: TIL, TAFAKKUR VA INSON
35 yil: tarixiy xotira, inson qadri va bilimga tayangan taraqqiyot Tarixni bilgan xalq kelajagini ham anglaydigan jamiyat demakdir. Mustaqillikning 35 yilligi - şunçaki yubiley sanasi emas. Bu - öttiz beş yil davomida bosib ötilgan yölga nazar taşlaş, bugungi imkoniyatlarni qadrlaş va ertangi kun oldidagi masʼuliyatni his etiş uçun muhim fursat. 1991-yilda Özbekiston davlat mustaqilligini qölga kiritdi. 2026-yilda esa istiqlolimizning 35 yilligi nişonlanmoqda. Şu davr mobaynida mamlakat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarida katta özgarişlar yuz berdi. Ammo mustaqillikning mazmunini faqat raqamlar bilan ölçab bölmaydi. Uning eng katta maʼnosi - insonning özligini anglaşida, erkin fikrlaşida, bilim oliş va öz kelajagini bunyod etiş imkoniyatida namoyon böladi. Özbekiston hududidagi davlatçilik va sivilizatsiya tarixi ming yilliklar qaʼriga borib taqaladi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farğoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi buyuk siymolar yetişib çiqqan bu zamin jahon ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qöşgan. Şuning uçun bugungi avlod uçun tarixni biliş - ötmişni yodlaş emas, avvalo, özligini anglaş demakdir. Ona tili - milliy tafakkur közgusi sifatida. Til - millatning tarixiy xotirasi. Unda xalqning dunyoqaraşi, madaniyati, ruhiyati va asrlar davomida şakllangan tafakkuri mujassam. Bugun özbek tili oldida yangi vazifa turibdi: u nafaqat kundalik muloqot va ilmiy-adabiy hayotda, balki raqamli dunyo va sunʼiy intellekt texnologiyalarida ham faol qöllanadigan tilga aylanişi kerak. Mustaqillikning 35 yilligiga bağişlangan nutqda özbek tilini raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan tilga aylantiriş zarurligi alohida taʼkidlandi. Bu vazifa tilşunoslar, dasturçilar, pedagoglar va yoş tadqiqotçilar oldiga yangi masʼuliyat yuklaydi.
Inson qadri - taraqqiyot mezoni sanaladi. Taraqqiyotning eng muhim mezoni - inson. Bugun mamlakatda amalga oşirilayotgan özgarişlarning markazida ham inson manfaatlari masalasi turibdi. Rasmiy maʼlumotlarga köra, sönggi yillarda soğliqni saqlaşga ajratilayotgan mablağ 8 karradan ziyod oşgan, 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etilgan. Tibbiy xizmatlar hajmi esa 3 karra oşgan. Aholining örtaça umr köriş davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoşdan 2025-yilda 75,4 yoşga yetgan. Bu raqamlar ortida oddiy insonlarning hayoti, salomatligi va kelajagi turibdi. Zero, binolar eskirişi, texnologiyalar yangilanişi mumkin. Ammo bilimli va maʼnaviy yetuk inson mamlakatning eng uzoq muddatli boyligidir. Taʼlim - kelajak uçun eng katta sarmoya . Bugungi dunyoda mamlakatning eng katta boyligi - bilimli inson. Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 2025-2026-öquv yili boşida oliy taʼlim taşkilotlarida 1 million 535 ming nafar talaba tahsil olgan. 2021-2022-öquv yilida bu körsatkiç 808,4 ming nafar edi. Ammo bugun gap faqat talaba sonini köpaytiriş haqida emas. Endi asosiy masala - bilim sifati. Universitet yoşga şunçaki diplom beradigan joy emas, uni mustaqil fikrlaşga, izlanişga, muammoni tahlil qilişga va yangi ğoya yaratişga örgatadigan ilmiy-maʼrifiy muhit bölişi kerak. Sunʼiy intellekt jadal rivojlanayotgan davrda inson tafakkuri. Bugun hayotimizga sunʼiy intellekt jadal kirib kelmoqda. U matn yozadi, maʼlumotni tahlil qiladi, tarjima qiladi, tasvir yaratadi va köplab vazifalarni inson bilan birgalikda bajara oladi. Şunday şaroitda taʼlim oldida yangi savol paydo böladi: kelajak mutaxassisi nimani bilişi kerak? Javob faqat texnologiyani biliş bilan çeklanmaydi. Inson texnologiyadan foydalanişi mumkin, ammo töğri savol beriş, maʼlumotni tanqidiy baholaş, axloqiy tanlov qiliş va yaratilgan bilimga maʼno beriş qobiliyati hamişa muhim bölib qoladi. Özbekistonning kelajak strategiyasida IT, sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş muhim yönaliş sifatida körsatilmoqda. 10 million yoşni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb etiş maqsadi ham belgilangan. Bugun auditoriyada - ertangi kun bunyodkori şakllanmoqda Mustaqillikning 35 yilligi bizga bir haqiqatni yana bir bor eslatadi: mamlakat kelajagi bugundan yaratiladi. Bugungi talaba - ertangi öqituvçi, şifokor, muhandis, olim, tadbirkor yoki boşqa soha mutaxassisi. Bugungi ustozning darsi esa kelajak avlod tafakkuriga qöyilgan tamal toşidir. Şuning uçun bugungi vazifa - bilimli, mustaqil fikrlaydigan, milliy özligini anglaydigan va zamonaviy texnologiyalarni egallagan avlodni tarbiyalaş. 35 yil - tarix uçun qisqa muddat. Ammo şu davr bizga katta bir haqiqatni anglatdi: kelajak öz-özidan kelmaydi. Uni bilim, tafakkur, mehnat va birlik bilan bunyod etiş kerak. Mustaqillik - keça erişilgan tarixiy neʼmat emas. U har bir avlod öz mehnati bilan asrab-avaylaydigan va yanada mustahkamlaydigan buyuk masʼuliyatdir.
Ilhom BUTOYEV,
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti
Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti.