“Istibdoddan – istiqlolgacha” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Istibdoddan – istiqlolgacha” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi turli hududlarda yashab, ijod qilgan va faoliyat yuritgan qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish, ularning boy ilmiy-ma’naviy merosini yosh avlodga yetkazishdan iborat.
Davra suhbatida tarix fani o‘qituvchisi Bektosh Mamatov qatag‘on qurbonlarining hayoti, faoliyati va tarixiy taqdiriga oid ma’ruza qildi. Unda qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari, millat ziyolilarining ta’qib qilinishi hamda ularning Vatan va xalq oldidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, talaba-yoshlarning savollariga javoblar berildi.


