
“Eko-volontyorlar” guruhi o‘z faoliyatini boshladi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va hudud obodonligiga munosib hissa qo‘shish maqsadida “Chiqindilardan holi Kattaqo‘rg‘onim” shiori ostida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti qoshidagi “Eko-volontyorlar” guruhi o‘z faoliyatini boshladi.
Guruhning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va ularni belgilangan tartibda tashlash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, institut hududi va Kattaqo‘rg‘on shahrining ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“Eko-volontyorlar” tomonidan hududlarni tozalash va obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ekologik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish hamda yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga undashga qaratilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.
Mazkur tashabbus talaba-yoshlarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga, jamoatchilik tashabbuslarini ilgari surishga hamda atrof-muhit muhofazasiga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.






