
Talabalarga halollik va korrupsiyaga qarshi kurash tushuntirildi
21.09.2026 soat 12:54Korrupsiyaga qarshi kurashishMatbuot4
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarning huquqiy va korrupsiyaga qarshi bilimlarini oshirish maqsadida “Halollik asoslari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.Xudoyqulov ishtirok etib, talabalarga halollik tamoyillari, korrupsiyaning oldini olish hamda uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berdi.


