Milliy armiya – bizning sharafimiz va g‘ururimiz
21.09.2026 soat 16:42YangiliklarMatbuot3
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari “Milliy armiya – bizning sharafimiz va g‘ururimiz” shiori ostida Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan 02855-harbiy qismga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar harbiy qism hududida tashkil etilgan muzey bilan tanishib, undagi tarixiy eksponatlar va harbiy xizmatga oid ma’lumotlarni ko‘zdan kechirdi.
Mazkur ekskursiya talabalarning milliy armiyamiz tarixi, harbiy xizmatchilarning sharafli va mas’uliyatli faoliyati haqidagi bilimlarini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


