SENAT QO‘MITASI RAISI O‘RINBOSARI KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BO‘LDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxrom Abdullayev Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida senator institutda ta’lim olishi va faoliyat yuritishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ta’lim jarayoniga oid infratuzilma bilan tanishdi.
Shuningdek, institut kutubxonasiga tashrif buyurgan Baxrom Abdullayev kitob olish uchun navbatda turgan talabalar bilan suhbatlashdi. Muloqot davomida yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, mutolaa madaniyati va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif davomida institutda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning bilim olishi, intellektual salohiyatini yuksaltirishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar e’tirof etildi.


