Institutda kuzatuv va xavfsizlik tizimlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 11-sentabr kuni Olmazor tumanidagi “Yoshlar” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan tanishish jarayonida oliy ta’lim muassasalarida xavfsizlik va nazorat tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan tegishli topshiriqlar berilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan joriy yilning 14-sentabr kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, hududlarda ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish hamda oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar joylarida qisqa muddatli o‘rganish ishlarini olib borish belgilangan.
Shunga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori S.Kabilov Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institut rektori bilan birgalikda ta’lim muassasasi hududidagi kuzatuv tizimlari, jumladan, videokuzatuv va face-kamera qurilmalarining faoliyati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida mavjud tizimlarning holati, ularning samarali ishlashi hamda xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.


