
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Özbekiston Yoşlar Ittifoqi boşlanğiç taşkiloti tomonidan yönaliş koordinatorlarini saylaş jarayoni yakunlandi.
Saylov yakunlariga köra, quyidagi nomzodlar tegişli yönalişlar böyiça sinov muddati asosida koordinator etib saylandi:
Intellektual loyihalar koordinatori – Xurramova Muxlisa Boburmirzo qizi;
“Beş taşabbus” loyihalari koordinatori – Umarova Zilola Sattar qizi;
Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori – Norqulov Akmaljon Akbar öğli;
Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori – Asadova Dinara Orif qizi;
“Yoşlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori – Tolliboyeva Orasta Ğofur qizi;
Talaba-qizlar koordinatori – Şeraliyeva Marjona Alişer qizi.
Saylangan koordinatorlar belgilangan sinov muddati davomida özlariga biriktirilgan yönalişlar böyiça faoliyat olib boradi. Sinov muddati davomida ularning taşabbuskorligi, masʼuliyati, jamoa bilan işlaş könikmalari, topşiriqlarni öz vaqtida va sifatli bajarişi hamda tegişli yönalişdagi amaliy natijalari belgilangan mezonlar asosida baholab boriladi.