
Talabalarning yaxşi bilim olişlarida ularni yaşaş joylarida şaroitlarning yaratilganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uzoq tuman yoki viloyatdan kelib öqiyotgan talabalar uçun yotoqxona yoki ijara uylaridagi şaroitlarning talab darajasida bölişi ular uçun muhim.
Kattаqörğon davlat pedagogika institutida ham bu borada tizimli işlar taşkil qilingan. Joriy öquv yilida 1005 nafar yoşlar 1 bosqiçga qabul qilindi.
Bugungi kunda 600 nafardan ortiq talabalar institut içidagi barça talablarga javob beradigan talabalar turar joyida, 800 nafardan ortiq talabalar ijaradagi uy-joylarda istiqomat qiladi. Xöş, ular bugun qanday şaroitlda yaşamoqda.
Şu maqsadda Kattаqörğon Davlat Pedagogika instituti rektori, deputat Şerzod Urakov, deputat Jamşid Nosirov hamda institut masʼullari Amir Temur mahallasida ijarada yaşovçi talabalarni yaşaş şaroitlarini örganişdi.
Institut oldi Beklar köçasidagi aksariyat xonadonlarda talabalar ijarada turadilar. Xonalarda talabalarni dars qilişlari, ovqatlanişlari, maʼnaviy dam olişlari uçun şaroitlar yetarli. Şu yili öqişga qabul qilingan 1-bosqiç talabalari uy joy bilan taʼminlaşda muammo bölmaganligini, şaroitlar yaxşi ekanligini taʼkidladilar.
Rektor uzoq viloyatlardan kelib, ijarada yaşab, öqişga qatnayotgan talabalaridan umumiy, iqtisodiy ahvoli, şart-şaroiti, qiziqişlari, hozirgi kunda öqişdan taşqari qanday işlar bilan band ekanliklari haqida söradi. Talabalarga toza, ozoda yaşaş doimo zarurligi haqida gapirdi.
Şuningdek, yoşlar bilan samimiy suhbat davomida ularning ijara şartnomasi, institut hayoti va tartib-qoidalar bilan qay darajada tanişganliklari, institut tyutorlari, dekan va boşqa masʼullarning talabalar bilan işlaş holati haqida qiziqdi va turar-joy bilan boğliq muammolar yuzaga kelganda kimga va qanday murojaat qilişlari lozimligi tuşuntirildi.
Yuqorida aytib ötganimizdek, talabalarni yaşaş şaroitini yaxşilaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, taʼlim oliş uçun qulay muhit yaratiş va böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Qolaversa, yotoqxona va ijara uylarda yaratilgan soğlom maʼnaviy muhit talabalarni özaro muloqot va hamkorlikda loyihalar işlab çiqiş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ijara şartnomasini şakllantirgan talabalarni murojaatlariga köra ijara tölovlarining 50 % ni davlat tomonidan tölab berilayotganligi ayniqsa, yoşlarga moddiy jihatdan katta yordam bölmoqda. Albatta, bu yangilanişlar talaba-yoşlarga bölgan hukumatimizning ğamxörligi, taʼlim sohasini rivojlantirişga qaratilayotgan ulkan eʼtiborning natijasi tufaylidir.
Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan taʼlim sohasidagi özgarişlar zamon talablariga javob berib, yoş avlodning barkamol, bilimli va yuksak maʼnaviyatli bölib kamol topişiga xizmat qilmoqda.