
O‘zbek tili – millat g‘ururi va ma’naviyat ko‘zgusi
21.10.2026 soat 11:28YangiliklarYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi61 daqiqada o'qiladi
Bugun erta tongdan Kattaqo‘rg‘on shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni anglashdagi o‘rni, uning boy tarixi va ma’naviy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar tomonidan esa ona tilimizni madh etuvchi she’rlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Bayram tadbiri ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI22.10.2026
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash – dolzarb vazifa22.10.2026
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026











