
Ilm, fidoyilik va e’tirof – institutimiz faxri!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ko‘p yillik samarali mehnati hamda xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Samarali ilmiy-pedagogik faoliyati va ilmiy tadqiqotlardagi yutuqlari inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagilar ilmiy darajalar bilan taqdirlandilar:
– Ro‘ziyeva Nasiba Kenjayevna, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri – Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
– Jonibek Javharov, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi – Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan:
– Dilfuza Umidova, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
– Muqaddas Boboqulova, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
“Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda eng yaxshi esse” tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Aziza Nodirova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlarga tashakkurnoma, diplom va ko‘krak nishonlarini Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tantanali ravishda topshirdi.
Institut jamoasini ushbu yutuqlar bilan chin dildan tabriklaymiz!
Ularning fidokorona mehnati, sadoqati va sa’y-harakatlari yoshlar uchun munosib ibrat bo‘lib xizmat qiladi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati





