Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
TARIXIMSAN, TAQDIRIMSAN, KELAJAGIMSAN, ONA TILIM

TARIXIMSAN, TAQDIRIMSAN, KELAJAGIMSAN, ONA TILIM

21.10.2025 soat 13:30YangiliklarMatbuot41

Kattaqo‘rg‘on shahar Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” shiori ostida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on pedagogika instituti rektori Sh.Urakov, institut prorektorlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, jamoatchilik vakillari va keng jamoa ishtirok etdi.
Tantanali tadbirni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi. U o‘z nutqida davlat tili bayramining ahamiyati, til – millatning g‘ururi, tarixiy xotirasi va kelajagi ekanini alohida ta’kidladi.
Dastur doirasida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu ramziy harakat tilimizga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tirof ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Shuningdek, institutimiz O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Salohiddin Axmedov “Ona tilimizni asrash – burchimiz va sharafimiz” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Unda o‘zbek tilining boy va betakror imkoniyatlari, uni saqlab qolish va rivojlantirish masalalari keng yoritib berildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi E.Shukurova ham so‘zga chiqib, ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat, uni sevish va qadrlash haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir doirasida Majidiy nomidagi drama teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Ona tilim – mening baxtim” nomli spektakl tomoshabinlarga namoyish etildi. Ushbu sahna asari orqali ona tilining ruhiy qudrati, uning inson qalbidagi o‘rni teran badiiy ifodasini topdi.
Mazkur tadbir o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va e’tibor, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirdi, tilimizni sevish va qadrlashga undadi.

📝 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

🖼 Qo'shimcha rasmlar (11)