Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tanlov

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tanlov

03.02.2026 at 10:01E'lonMatbuot591 min read

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tanlov
11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ilmda mening orzularim” mavzusida talaba-qizlar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
Birinchi bosqich – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ichki saralash bosqichi (2026-yil 4–5-fevral kunlari);
Yakuniy bosqich — Respublika bosqichi (saralab olingan 3 ta eng yaxshi ish 11-fevral kuni tashkil etiladigan ko‘rgazmada baholanadi).
Tanlov shartlari:
Tanlovga taqdim etiladigan ishlar “Ilmda mening orzularim” mavzusiga to‘liq mos bo‘lishi lozim;
Rasmlar quyidagi yo‘nalishlarda ijro etilishi mumkin: jivopis, grafika, akvarel, raqamli san’at (digital art);
Rasm formati – A3 yoki A4;
Har bir rasm ishiga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinishi shart: ishtirokchining F.I.Sh., ta’lim muassasasi, fakulteti, bosqichi, rasm nomi hamda 3–5 jumladan iborat qisqacha izoh;
Rasm ishlarida axloq qoidalariga zid, noqonuniy yoki haqoratli mazmundagi tasvirlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ichki saralash bosqichi 2026-yil 4–5-fevral kunlari soat 14:00 da Pedagogika fakultetining B-410-xonasida bo‘lib o‘tadi.
Murojaat uchun: @Kasimova_D_A

Share: