Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

30.10.2025 at 15:02Ma'rifat ulashibMatbuot421 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida el ardog‘idagi ijodkorlar – Sirojiddin Rauf va Shodiqul Hamroyev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida ijodkorlarning hikoyalari asosida institut talabalari tomonidan sahnalashtirilgan film namoyish etildi. Ijodkorlar o‘z asarlaridan namunalar o‘qib eshittirdilar, talaba-yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv she’rxonlik va mushoira tarzida davom etib, talabalar taniqli ijodkorlar ijodidan bir olam zavq va ma’naviy ozuqa oldilar. Institut professor-o‘qituvchilari mehmon ijodkorlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, bunday ma’rifiy va ijodiy uchrashuvlarni muntazam tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.

More photos7

Share: