This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Shaxnoza Berdiqulova Malayziyada O‘zbekiston madaniyati haqida talabalarga ikki soatlik ochiq dars o‘tdi
05.11.2025 at 09:20SeminarlarMatbuot50
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti va Malayziya Malaya universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan.
Mazkur memorandum doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ingliz tili o‘qituvchisi Shaxnoza Berdiqulova hozirda Malaya universitetida malaka oshirmoqda.
U o‘z faoliyati davomida “Culture of Uzbekistan” mavzusida Malaya universiteti talabalari uchun ikki soatlik ochiq dars o‘tdi. Dars davomida O‘zbekistonning boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari hamda zamonaviy taraqqiyoti haqida atroflicha ma’lumot berdi.








