Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

PEDAGOGIKA FAKULTETIDA XALQARO PSIXOLOGLAR KUNI KENG NISHONLANDI

PEDAGOGIKA FAKULTETIDA XALQARO PSIXOLOGLAR KUNI KENG NISHONLANDI

23.11.2025 at 08:08Davra suhbatlariMatbuot291 min read

22-noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Mazkur sana doirasida talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, unda fakultet rahbariyati ham faol qatnashdi.
Tadbirni Pedagogika fakulteti dekani, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Azamat Saidov ochib berdi va barchani “Xalqaro psixologlar kuni” bilan samimiy muborakbod etdi.
Professor o‘z tabrik so‘zida ushbu sana nafaqat kasb bayrami, balki inson ruhiyatini anglash, unga yo‘l ko‘rsatish hamda qo‘llab-quvvatlash kabi yuksak mas’uliyatli vazifaga sadoqat timsoli ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, psixolog kasbi inson qalbining nozik jihatlarini his eta bilish, ruhiy jarohatlarga malham bo‘lish, umidsizlikka cho‘kkanlarga ishonch va dalda berish kabi ulkan vazifalarni bajaruvchi sharafli va mas’uliyatli soha ekani alohida qayd etildi. Mazkur kasb chuqur bilim, keng dunyoqarash, sezgirlik, mehr-muruvvat va insonparvarlikni talab qilishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir davomida talabalar psixologiyaning dolzarb yo‘nalishlari, zamonaviy yondashuvlar va mutaxassisning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashdilar.

More photos4

Share: