Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Yo‘nalish tyutorlari va mas’ullar talabalar turar joyi holatini o‘rgandi

Yo‘nalish tyutorlari va mas’ullar talabalar turar joyi holatini o‘rgandi

27.11.2025 at 11:31Tashriflar36

Joriy hafta yo‘nalish tyutorlari hamda mas’ul xodimlar tomonidan Talabalar turar joyining umumiy sharoiti o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yashash xonalarining sanitariya-gigiyena holati, oshxona, yuvinish xonalari hamda umumiy foydalanish joylari batafsil ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, talabalarning ichki tartib-qoidalarga rioya etish holati ham kuzatildi. O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, turar joyda yaratilgan sharoitlar belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi aniqlandi.
Mazkur jarayon talabalarning qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab bartaraf etish maqsadida muntazam davom ettiriladi.

More photos5

Share: