Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

INSTITUTIMIZ VA KAZAN FEDERAL UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANISHI KUTILMOQDA

INSTITUTIMIZ VA KAZAN FEDERAL UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANISHI KUTILMOQDA

04.12.2025 at 16:16Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot251 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti va Kazan Federal Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda akademik aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan memorandum loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Kelishuv doirasida muntazam ravishda onlayn uchrashuvlar tashkil etilib, samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun zarur tashkiliy masalalar muhokama qilinmoqda. Tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirmoqdalar.

Share: