Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati professor-o‘qituvchilarga tushuntirildi

Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati professor-o‘qituvchilarga tushuntirildi

06.01.2026 at 12:55KonferensiyalarMatbuot351 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilarga yetkazish va keng targ‘ib qilish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminar davomida Davlatimiz Rahbarining Murojaatnomasida so‘nggi 9 yil davomida yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida erishilgan muhim amaliy yutuqlar, shuningdek, 2026-yilda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar ma’ruzachilar O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Elmonov hamda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Javlon Quchqorov tomonidan atroflicha tushuntirildi.
Qishki ta’til yakunlanib, o‘quv jarayonlari boshlangach, Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqildi va belgilab olindi.
Mazkur seminar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni ta’lim tizimida samarali tatbiq etish, yoshlar ongiga yetkazish hamda ularning fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

More photos5

Share: