Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Monografiya nashr etildi

Monografiya nashr etildi

13.01.2026 at 17:48Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot241 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ruziyeva Nasiba Kenjayevnaning “PROFESSOR VLADIMIR GRIGORYEVICH GAKNING LINGVISTIK MEROSI: LISONIY-KOGNITIV TAHLIL” nomli monografiyasi nashr etildi.
Mazkur monografiyada taniqli tilshunos olim V.G. Gakning fransuz orfografiyasiga oid tizimli-sinxron qarashlari, chet tillarini o‘qitish amaliyotidagi funksional yondashuvlari hamda fransuz tilida so‘z yasash jarayonida og‘zaki nominal konvertatsiyaning tabiatini yoritishga qaratilgan noan’anaviy konsepsiyalari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda olimning ilmiy merosining lisoniy va kognitiv rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, qiyosiy-struktur jihatlari keng yoritib berilgan.
Monografiya xorijiy tillarni mukammal egallagan malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, chet tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, hozirga qadar yetarlicha o‘rganilmagan V.G.Gakning konseptual yondashuvlarini hisobga olgan holda O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitish tizimini rivojlantirish uchun muhim ilmiy-amaliy zamin yaratadi.

More photos1

Share: