Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Prezident Murojaatnomasi mazmuni jamoatchilikka tushuntirildi

Prezident Murojaatnomasi mazmuni jamoatchilikka tushuntirildi

23.01.2026 at 11:24YangiliklarMatbuot151 min read

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumani 2-son texnikumida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbirda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar hamda imom-xatiblar ishtirok etdilar.
Seminarda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori Sh.Mustafayev Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent J.Quchqorov Prezident Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni aholiga targ‘ibot-tashviqot tadbirlari orqali yetkazish bo‘yicha bajaradigan vazifalari haqida ma’lumot berdi.

More photos4

Share: