Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

30.01.2026 at 17:56SeminarlarMatbuot271 min read

2026-yil 30-yanvar kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi doirasida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Viloyat hokimi o‘rinbosari X.Tuxtayev, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda viloyat boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir videoselektor shaklida tuman va shahar hokimliklariga uzatildi. Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti dekan o‘rinbosarlari, yo‘nalish tyutorlari, yoshlar yetakchisi, faol lider talabalar hamda institut profilaktika inspektori ishtirok etdi.
Anjumanda Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqib, yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning dolzarbligi va ahamiyatini ta’kidladi.

More photos6

Share: