Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

14.02.2026 at 09:46Sport klubiMatbuot251 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida xotin-qizlar professor-o‘qituvchilari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni keng targ‘ib qilish, jamoaviylik muhitini mustahkamlash, g‘alabaga intilish va sog‘lom raqobat tamoyillarini qaror toptirish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqish va yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etib, jamoaviy hamkorlik, hamjihatlik va sport madaniyatining yuksak namunalarini ko‘rsatdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Rektorat jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi egalladi. 3-o‘rin esa Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilariga nasib etdi. G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

More photos4

Share: