Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar milliy kiyimlarda darslarda qatnashdi

Talabalar milliy kiyimlarda darslarda qatnashdi

20.02.2026 at 17:33Yangiliklar20

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida juma kuni “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan talabalar milliy kiyimlarda institutga tashrif buyurdilar. Ular atlas, adras va boshqa milliy matolardan tikilgan liboslarda o‘ziga xos rang-baranglik va milliylik ruhini namoyon etdilar. Mazkur tadbir yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘usini yanada mustahkamlash, boy an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qildi.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etgan ushbu kun fakultetimizda o‘ziga xos fayz va nafosat muhitini yaratdi.

More photos2

Share: