This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

AMIR TEMUR VORISLARI
26.02.2026 at 09:42YangiliklarMatbuot27
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Amir Temur vorislari” nomli harbiy-sport musobaqasining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada har bir jamoa 5 nafar a’zodan iborat tarkibda faol ishtirok etdi. Musobaqa joyidan turib uzoqlikka sakrash, 100 metr masofaga yugurish, turnikda tortilish hamda o‘quv granatasini uloqtirish shartlari asosida o‘tkazildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan jamoa institut bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.








