Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.03.2026 at 16:27YangiliklarMatbuot261 min read

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zMilliy bank” AJning qo‘shma qarorida nazarda tutilgan oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalarining amaliyotini moliyalashtirish chora-tadbirlari yuzasidan belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tadbir tashkil etildi. Unda Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili hamda o‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash, shuningdek, ularning amaliyot jarayonini moliyalashtirish mexanizmlari va mazmun-mohiyati yuzasidan kafedra mudiri J.Quchqorov tomonidan batafsil tushuntirish berildi.
Uchrashuv o‘zaro muloqot va ochiq fikr almashish ruhida o‘tdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi hamda dastur doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Mazkur tadbir bitiruvchi talabalarni kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash hamda amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qildi.

More photos4

Share: