This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
Talabalarda Yangi O‘zbekiston Olimpiadasi hayajoni!
31.03.2026 at 17:32Sport OlimpiadalariMatbuot54
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti sport zali va mini-futbol maydoni talabalar bilan gavjum bo‘ldi. Ular ertaga boshlanishi rejalashtirilgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” institut bosqichi uchun ko‘tarinki kayfiyatda kutib turishmoqda. Tayyorgarlik jarayoni nihoyatda qizg‘in va hayajonli kechdi, har bir daqiqa musobaqaga tayyorgarlik ruhini yanada kuchaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” voleybol, gandbol, basketbol, futbol, stol tennisi, suzish va yengil atletika kabi turli sport turlarini o‘z ichiga oladi.











