Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

ESA Unggul universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ESA Unggul universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.04.2026 at 14:28YangiliklarMatbuot181 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Qudratov ishtirokida Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – ESA Unggul universiteti professor-o‘qituvchilari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yozgi maktab va lagerlarni tashkil etish, shuningdek, talaba hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Muloqot jarayonida har ikki tomon o‘z ta’lim tizimi, ilmiy salohiyati hamda mavjud imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikni aniq yo‘nalishlar asosida rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashishni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Share: