Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Mini-futbol bo‘yicha fakultetlar bosqichi musobaqalari o‘tkazildi

Mini-futbol bo‘yicha fakultetlar bosqichi musobaqalari o‘tkazildi

16.04.2026 at 16:54Sport OlimpiadalariMatbuot231 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha fakultetlar bosqichi musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur sport tadbiri institut fakultetlari jamoalari o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etilib, unda iqtidorli va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Musobaqalar davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, maydonda jamoaviylik, tezkorlik, chaqqonlik hamda taktik fikrlash kabi muhim sport fazilatlarini namoyon etdilar.
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil harakat qilib, tomoshabinlarga yorqin va unutilmas sport lahzalarini taqdim etdi.

More photos7

Share: