Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Ma’rifat ulashib”: ijodkorlar bilan uchrashuv

“Ma’rifat ulashib”: ijodkorlar bilan uchrashuv

10.10.2026 at 10:38Ma'rifat ulashibYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi1601 min read
 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida el ardog‘idagi ijodkorlar – Baxtiyar Genjemuratov, Rustam Musurmon, Masihulloh Madaminov hamda Xosiyat Bobomurodova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
1J0A7250
 Tadbirda ijodkorlarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi. Talabalar adiblar asarlaridan namunalar o‘qib berdilar. Ijodkorlar ham o‘z asarlaridan parchalar o‘qib eshittirib, talaba-yoshlarning savollariga javob qaytardilar.
Suhbat davomida bugungi adabiy jarayon, davlatimiz rahbari tomonidan ijodkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
1J0A7339
photo_2026-10-09_18-06-25photo_2026-10-09_18-05-22

 Shuningdek, loyiha doirasida institut hududida daraxt ko‘chatlari ekildi. Unda institut rahbariyati va mehmon ijodkorlar ishtirok etib, institut hududini ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.photo_2026-10-09_18-07-12 Shundan so‘ng, ijodkorlar Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 40-, 41- va 42-umumta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quvchilar hamda pedagoglar bilan ijodiy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdilar.
photo_2026-10-09_18-09-53 Uchrashuvlarda yosh avlodning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash va milliy-qadriyatlarni targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda ijodkorlar bilan fikr almashish orqali ma’naviy dunyoqarashlarini boyitdilar.

More photos8

Share: