This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Yoshlar kuni” doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan ingliz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Ruziyeva so‘zga chiqib, bugungi globallashuv davrida kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bo‘lajak ingliz tili mutaxassislari uchun jahon adabiyoti namunalarini mutolaa qilish nafaqat ularning dunyoqarashini kengaytirishi, balki kasbiy mahoratini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.





