Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Institutda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

08.05.2026 at 15:29YangiliklarMatbuot191 min read

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori Sherzod Urakov ochib berdi. U o‘z nutqida xotira va qadrlashning inson hayotidagi muhim ahamiyati, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash burch ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, o‘quv va mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar, shuningdek “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar jamoasi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Unda vatanparvarlik, jasorat va fidoyilikni o‘zida mujassam etgan lavhalar orqali shahid ketgan vatandoshlarimiz xotirasi yod etildi.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat hamda inson qadrini ulug‘lash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

More photos5

Share: