Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar tarixiy muzeylarda bo‘ladi

Talabalar tarixiy muzeylarda bo‘ladi

18.05.2026 at 09:03Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot291 min read

Bugun erta tongda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining bir guruh talabalari Toshkent shahriga yo‘l oldi.
Mazkur tashrif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil may oyida belgilangan topshiriqlari ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. Unda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, boy tarixiy, diniy hamda madaniy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsad qilingan.
Tashrif davomida talabalar Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Amir Temur muzeyi, “O‘zbekiston prokuraturasi tarixi” muzeyi hamda respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi tarixiy muzeylarda bo‘lishadi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish hamda ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.

Share: