Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Iqtidorli yoshlar va innovatsion g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Iqtidorli yoshlar va innovatsion g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

18.06.2026 at 11:12YangiliklarMatbuot231 min read

Payshanba – Yoshlar kuni doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining startap loyihalari ustida faol ish olib borayotgan talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda amaliy ishlanmalari haqida ma’lumot berdilar. Shahar hokimi yoshlarning tashabbuslari va ilmiy-ijodiy izlanishlarini yuqori baholab, bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘onni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, shahar infratuzilmasiga innovatsion yechimlarni keng joriy etish hamda uni kelajakda “Aqlli shahar” tamoyillari asosida rivojlantirish borasidagi maqsad va rejalar bilan o‘rtoqlashdi.

More photos6

Share: