Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Orzuyingizdagi muhandislik ta’limi endi yanada yaqin!

Orzuyingizdagi muhandislik ta’limi endi yanada yaqin!

25.06.2026 at 10:20YangiliklarMatbuot541 min read

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti tashkil etildi.
Fakultet faoliyatining asosiy maqsadi muhandislik ta’lim dasturlarini xalqaro va zamonaviy talablar asosida shakllantirish, mehnat bozori ehtiyojlariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Ta’lim jarayoni Turin politexnika universitetining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi. Talabalar “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” hamda “Barqaror transport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oladilar. Dastlabki 1–2-kurslar Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida o‘qitiladi. Ikki yillik ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar akademik ko‘rsatkichlari va ingliz tilini bilish darajasiga qarab 3–4-kurslarda Turin politexnika universitetida tahsil oladi.
Talabalarning o‘zlashtirish darajalari aniqlash, barcha imtihonlarni tashkil etish va baholash Turin politexnika universiteti tomonidan amalga oshiriladi.
Akademik talablarga to‘liq javob bergan bitiruvchilar Turin politexnika universiteti tomonidan taqdim etiladigan xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘ladilar.
Ushbu loyiha natijasida yoshlar uchun xalqaro standartlar asosida ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengayadi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlanadi.
Mazkur yo‘nalishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etilayotgan avtomobilsozlik klasterida mutaxassisligi bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Files

Share: