Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

27.08.2026 at 16:50YangiliklarMatbuot181 min read

Joriy yilning 27-avgust kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakti qabul qilinganining 60 yilligi munosabati bilan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor F.Sirojiddinov olib bordi. Institut yuriskonsulti F.Alimov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.To‘rayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Shuningdek, institutda mazkur mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Konferensiya dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish, xorijiy hamda mahalliy ekspertlarni jalb etish, hamkor tashkilotlar bilan tashkiliy masalalarni kelishish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda bu boradagi ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

More photos4

Share: