Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Tinchlik – oliy ne’mat”: talaba-yoshlar bilan profilaktik suhbat

“Tinchlik – oliy ne’mat”: talaba-yoshlar bilan profilaktik suhbat

06.10.2026 at 13:39Davra suhbatlariYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi951 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Tinchlik – oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzularida profilaktik suhbat tashkil etildi.
1J0A6571

Tadbirda tinchlik va osoyishtalikni asrash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, turli yot g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralarning salbiy ta’siridan himoyalanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, shuningdek, jaholat va ekstremistik qarashlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Tursunov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruzada tinchlik va barqarorlikning inson hamda jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlarning hushyor va ogoh bo‘lishi, turli tahdidlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.
1J0A6469

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mustafayev, Kattaqo‘rg‘on shahar DXX o‘rinbosari O.Gadoyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘yicha bosh mutaxassisi B.Qodirov hamda institut profilaktika inspektori X.Xaydarov ishtirok etdi.
1J0A6491

Tadbir yakunida talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

More photos4

Share: