
O‘zbek tilining nufuzi va ahamiyati targ‘ib qilindi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S.Axmedov maktab o‘quvchilariga o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zbek tili va tilshunoslikka oid mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, ona tilimizning o‘ziga xos jihatlari, uning boy imkoniyatlari va nufuzini yanada yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodning ona tiliga bo‘lgan hurmatini oshirish, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI22.10.2026
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash – dolzarb vazifa22.10.2026
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026

