
“YOSH KITOBXON” TANLOVINING NAVBATDAGI BOSQICH G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi huzuridagi “Notiqlar klubi” tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Bu galgi tanlov O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asari asosida tashkil etildi. Unda talabalar test savollariga javob berib, asar mazmuni yuzasidan bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 25_15-guruh talabasi Halilova Durdona, 25_15-guruh talabasi Muradullayeva Aziza hamda 26_04-guruh talabasi Erkinova Shaxzoda 21 ta savolga to‘g‘ri javob berib, eng yuqori natijani qayd etdilar.
Tanlov yakunida faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Navbatdagi bosqich uchun talabalar rus adabiyotining yirik namoyandasi Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanini mutolaa qilishlari lozim. “Yosh kitobxon” tanlovi har hafta juma kuni o‘tkaziladi. Mazkur loyiha talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mutolaa orqali bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Barcha kitobsevar talabalarni tanlovning navbatdagi bosqichida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Boshqa yangiliklar
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI22.10.2026
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash – dolzarb vazifa22.10.2026
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026

