
Joriy yilning 7-oktabr kuni Oliy taʼlimni rivojlantiriş tadqiqotlari markazi direktori Xoliqov Abduvali Jonizoqoviç raisligida ZOOM platformasi orqali yiğiliş bölib ötdi. Mazkur yiğilişda respublika oliy taʼlim muassasalarida quyidagi yönalişlar böyiça muhim vazifalarni amalga oşiriş yuzasidan topşiriqlar berildi:
Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim şakliga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar talaba uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovini ötkaziş;
Özbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, sanʼat va hunarmandçilik yönalişlarida öqiş istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yoş vatandoşlar uçun ajratilgan 30 ta davlat granti tanlovini taşkil etiş;
Toşkent Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan işlab çiqilgan, talaba va bitiruvçilarga muvaffaqiyatli kasbiy yöl tanlaşda kömaklaşişga qaratilgan https://careercentre.uz platformasini joriy etiş;
“Kelajakka qadam” dasturidagi vazifalarni 2025/2026-öquv yili bitiruvçilari orasida keng tarğib qiliş, ularning biznes loyihalarini şakllantiriş va moliyalaştirişga kömaklaşiş;
Oliy taʼlim muassasalaridagi karyera markazlari faoliyatini samarali yölga qöyiş, bitiruvçilarning bandligini taʼminlaşga qaratilgan işlarni kuçaytiriş.
Şu munosabat bilan, 2025-yil 8-oktabr kuni Kattaqörğon davlat pedagogika instituti rektori Ş.Urakov institut prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari iştirokida yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda yuqorida belgilangan vazifalar muhokama qilinib, ularning mazmun-mohiyati tuşuntirildi hamda har bir yönaliş böyiça masʼullar va ijro mexanizmlari belgilab olindi.
Mazkur topşiriqlarning samarali ijrosini taʼminlaş institut jamoasining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.