O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli
19.10.2026 soat 12:20Davra suhbatlariYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi341 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.
Ma’rifat darsida institut rektorining ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi S.Tursunov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, kattaqo‘rg‘onlik shoira Fazilat Abdullayeva ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.
Dars davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni anglash va mustaqil davlatchiligimizni mustahkamlashdagi o‘rni, ona tilimizning boy tarixi va betakror imkoniyatlari, uni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga bezavol yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida nutq madaniyatini yuksaltirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’rifat darsida yo‘nalish tyutorlari, institut psixologi hamda talabalar ishtirok etdilar.
Boshqa yangiliklar
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI22.10.2026
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash – dolzarb vazifa22.10.2026
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026









