Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ingliz tili mutaxassisi, nufuzli mukofotlar sohibi Feruz Akbarov ishtirokida talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi.
16 yillik pedagogik tajribaga ega Feruz Akbarov Hindistonning Pune
universitetida ingliz tili bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. U 2014-yilda
Xitoyda “Yilning eng yaxshi TESOL o‘qituvchisi” deb e’tirof etilgan hamda
xalqaro ingliz tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ETA Uzbekistan
tarmog‘ining asoschisi hisoblanadi.
Mahorat darsi davomida talabalarga sun’iy intellekt yordamida ingliz tilida
erkin va ishonch bilan gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy
usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mashg‘ulotda sun’iy intellekt
vositalaridan foydalanish orqali og‘zaki nutqni takomillashtirish, talaffuz
ustida ishlash, yangi so‘zlarni o‘zlashtirish hamda kundalik muloqotda o‘z
fikrini ravon ifodalash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Interaktiv yondashuvlar asosida o‘tgan mashg‘ulot talabalarga xorijiy tilni
o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, mustaqil ta’lim
olish va o‘z nutqiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar
berdi.
Mazkur uchrashuv talabalarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish,
ularning kommunikativ kompetensiyasini mustahkamlash hamda sun’iy intellekt
imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida oqilona foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI22.10.2026
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash – dolzarb vazifa22.10.2026
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026




