Mini-futbol bo‘yicha fakultetlararo II bosqich yakunlandi
20.10.2026 soat 09:282
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining mini-futbol bo‘yicha fakultetlararo II bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi I o‘rinni, Pedagogika fakulteti jamoasi II o‘rinni, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi esa III o‘rinni egalladi.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
G‘olib va sovrindor jamoalarni muborakbod etamiz!
Boshqa yangiliklar
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI22.10.2026
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash – dolzarb vazifa22.10.2026
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026










