Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

18.11.2025 at 15:52UchrashuvlarMatbuot651 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastur doirasida bayroqning yaratilish tarixi, undagi rang va ramzlarning mazmun-mohiyati badiiy sahna ko‘rinishi orqali ifoda etildi. Shuningdek, tadbir davomida davlat ramzlarining ahamiyati, ularning mustaqil davlat timsoli sifatidagi o‘rni va tarixiy qimmatiga doir ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlanganidek, bayroq – xalqning sha’ni, g‘ururi va mustaqilligimizning yorqin ramzi bo‘lib, uni e’zozlash har bir fuqaroning muqaddas burchidir.

More photos9

Share: