Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

POLSHALIK PROFESSOR PEDAGOGIKA FAKULTETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI BILAN UCHRASHDI

POLSHALIK PROFESSOR PEDAGOGIKA FAKULTETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI BILAN UCHRASHDI

19.11.2025 at 10:46UchrashuvlarMatbuot341 min read

Polsha Respublikasi, Varshava shahridan psixologiya fanlari bo‘yicha professor Lubiewska Katazyna Ewa Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga amaliy tashrif buyurdi.
Amaliy tashrif doirasida professor Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv jarayonida psixologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, xorijiy tajribalar va amaliy ishlanmalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kelgusida o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar tashkil etish va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishildi.
Mazkur amaliy tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda pedagogika va psixologiya sohasida ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

More photos6

Share: