Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

ISHCHI GURUHI TOMONIDAN INSTITUT FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY O‘RGANILDI

ISHCHI GURUHI TOMONIDAN INSTITUT FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY O‘RGANILDI

26.12.2025 at 17:03YangiliklarMatbuot391 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 312-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ish rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’ati majlisining 2025-yil 12-sentabrdagi 3-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘rganish maqsadida vazirlikning Ishchi guruhi tomonidan tahliliy-tanqidiy o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlar batafsil tahlil qilindi:
– talabalar turar joylarining mavjud holati va ularning belgilangan talablar asosida faoliyat yuritishi;
– sport inshootlarining o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tayyorlik darajasi;
– oliy ta’lim muassasasida ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida uchta sport turini qamrab olgan sport klublarining tashkil etilganligi;
– “Talaba-yugur”, “Talabalar ligasi” hamda boshqa sport musobaqalariga jalb etilgan talabalar soni va qamrov foizi;
– talabalarning ijara xonadonlarida yashash holatining to‘liq o‘rganilganligi va monitoring qilinganligi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatildi.

More photos8

Share: