Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar qishki ta’tilga kuzatilmoqda

Talabalar qishki ta’tilga kuzatilmoqda

27.12.2025 at 15:09YangiliklarMatbuot401 min read

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar uchun qishki ta’til boshlanishi munosabati bilan dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar tomonidan yurtimizning turli hududlaridan kelgan talabalarni o‘z xonadonlariga kuzatish jarayonlari tashkil etilmoqda.
Mazkur jarayon davomida talabalarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, safar chog‘ida ehtiyot choralariga amal qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ularning oila bag‘riga sog‘-salomat yetib borishlari muhimligi alohida ta’kidlandi.
Institut jamoasi barcha talabalarimizga oq yo‘l tilab, qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarini, yaxshi hordiq chiqarish bilan birga, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishlarini tilab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy o‘quv yili uchun belgilangan qishki ta’til 2025-yil 28-dekabrdan 2026-yil 10-yanvarga qadar (shu kun ham) davom etadi.

More photos5

Share: