Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

PRESETT BO‘YICHA MILLIY FORUMDA INSTITUTIMIZ PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI ISHTIROK ETDI

PRESETT BO‘YICHA MILLIY FORUMDA INSTITUTIMIZ PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI ISHTIROK ETDI

07.01.2026 at 15:50KonferensiyalarMatbuot351 min read

Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash (PRESETT) tizimini modernizatsiya qilish hamda ingliz tili oʻqituvchilari professional tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli islohotlarni amalga oshirmoqda.
2026-yil 6-7-yanvar kunlari Britaniya Kengashi hamkorligida Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi hamda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlovchi 50 dan ortiq davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida Milliy forum boʻlib oʻtdi. Forumda PRESETT tizimini modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari, mavjud muammo va qiyinchiliklar muhokama qilindi. Mazkur forumda Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Forum doirasida refleksiv amaliyot, inklyuziv taʼlim hamda PRESETT amaliyotlar hamjamiyati faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga modul (fan) dasturlarini baholash amaliyotlariga moslashtirish boʻyicha metodik materiallar va vositalar jamlanmasi taqdim etildi hamda ularni oʻz oliy taʼlim muassasalarida tatbiq etish va ommalashtirish belgilandi.

More photos3

Share: