Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati professor-o‘qituvchilarga tushuntirildi

Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati professor-o‘qituvchilarga tushuntirildi

07.01.2026 at 16:11SeminarlarMatbuot231 min read

Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilarga yetkazish hamda keng targ‘ib etish maqsadida o‘quv-seminarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Y.Xolxo‘jayeva Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, ta’lim va madaniyatni mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash hamda davlat boshqaruvini takomillashtirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Murojaatnomada mamlakat iqtisodiyotida erishilgan ijobiy natijalar, eksport salohiyatining oshgani, investitsiya muhitining yaxshilangani, shuningdek, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy rivojlanishiga xizmat qilishi, shuningdek, uning mazmun-mohiyatini chuqur anglash va amaliyotga tatbiq etishda bunday targ‘ibot tadbirlarining muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

More photos4

Share: